O‘zbekistonda safarbarlik chaqiruv rezervining (1 oylik harbiy xizmat) to‘lov badali mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga (6 mln 860 ming so‘m) teng. Bu haqda 18-avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Xizmatga olinganlar pulni biryo‘la to‘liq hajmda yoki 1 yil ichida bo‘lib to‘lashi mumkin.