Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir va sovuq havo kutilmoqda

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir va sovuq havo kutilmoqda


«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 10 noyabrdan respublika hududlariga sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Qator hududlarda kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq va shamol tezligining 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Hafta davomida harorat sezilarli pasayib, kechalari ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq kuzatiladi.

Toshkentda ham 9–11 noyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 noyabr kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kiritildi: 19:11 09.11.2026. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik