Amerikaning Starlink tizimiga muqobil sifatida yaratilgan «Rassvet» tizimi Rossiyaga o‘z qurolli kuchlari aloqasini yagona tarmoqqa birlashtirish imkonini berishi kerak. Bundan tashqari, u uzoq masofaga uchadigan dronlarni aloqa bilan ta’minlashga qodir — shunda ular hatto topshiriqni bajarish vaqtida ham ma’lumotlarni olib, boshqa nishonlarga qayta yo‘naltirilishi mumkin. Natijada Rossiyaning zarbalari yanada aniqroq bo‘lishi va Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlariga qo‘shimcha yuk yaratishi mumkin. Reuters xabariga ko‘ra, ukrainalik xavfsizlik eksperti Nikolay Zinsev «Rassvet» tezyurar reaktiv dronlarni boshqarish uchun qo‘llanilayotganining ilk alomatlarini allaqachon ko‘rmoqda.
Joriy yilda Rossiya fazoga jami 32 ta «Rassvet» sun’iy yo‘ldoshini chiqardi (ma’lumot uchun, Starlink tizimida 10 mingta sun’iy yo‘ldosh mavjud). Tizimni ishlab chiqish bilan Rossiyaning «Byuro 1440» kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Hali to‘liq qamrovni ta’minlashga erishishdan yiroq: «Rassvet» hozircha Ukraina ustida faqat vaqti-vaqti bilan, sutkasiga bir necha soat aloqa o‘rnatishi mumkin. Kreml yaqin yillarda sun’iy yo‘ldoshlar sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda: 2035 yilga borib ularning soni 900 tadan oshishi kerak. Biroq Ukraina GUR xabari ko‘rsatib turibdiki, bu texnologiya endi kelajak loyihasi emas. Rossiya undan urushda allaqachon foydalanmoqda.