Ukraina Oliy Radasi mamlakat Qurolli kuchlari tarkibida Kosmik kuchlarni tashkil etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda Ukraina OAVlari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi qo‘shin turi raketa tahdidlariga qarshi kurashish bilan shug‘ullanadi. Jumladan, Rossiyaning "Oreshnik" raketasiga qarshi choralar ko‘rish ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, Ukraina razvedka va Rossiya qo‘shinlarini kuzatish uchun o‘z harbiy sun’iy yo‘ldoshlarini yaratishni rejalashtirmoqda.
Kosmik kuchlar Quruqlikdagi qo‘shinlar, Havo kuchlari va Harbiy-dengiz kuchlari bilan teng maqomga ega bo‘lishi kutilmoqda.