Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Homiylar jarohati bor Mbappeni AQShga olib ketadi

Homiylar jarohati bor Mbappeni AQShga olib ketadi

"Real" hujumchisi Kilian Mbappening mart oyidagi o‘yinlar uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirilmasligi — hujumchining tizzasidan olgan jarohatidan to‘liq tiklanishi va qo‘shimcha dam olishi uchun ko‘rilayotgan variantlardan biridir. Bu haqda Onda Cero nashri yozmoqda.

Biroq, futbolchining AQSh bo‘ylab tashkil etiladigan kichik turne uchun qaydnomaga kiritilmasligi amrimahol. Chunki ushbu safar Nike kompaniyasi, Fransiya futbol federasiyasi va Mbappening shaxsiy homiylari ko‘magida tashkil etilgan.

27 yoshli Kilian joriy mavsumda jami 33 ta o‘yinda 38 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 14:41. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!