Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Hizbulloh Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Hizbulloh Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Hizbullohning ma’lum qilishicha, Isroilga qilingan hujum Eron oliy rahbari Ali Homanaynining o‘ldirilishi uchun qasos hisoblanadi. Isroil harbiylarining ma’lumotiga ko‘ra, guruh tomonidan otilgan snaryadlar Isroil hududidagi ochiq maydonlarga tushgan.

Bundan so‘ng Isroil Mudofa vazirligi Bayrutda Hizbullohning yuqori martabali a’zolariga qarshi zarba berganini e’lon qildi.

"Hizbulloh Livan davlatini emas, Eron rejimini tanladi va tinch aholimizga hujum qildi. Biz tayyor edik — ular buning uchun katta tovon to‘laydi",— deyiladi harbiylar bayonotida.

Keyinroq Isroil Mudofa vazirligi Livanning bir necha hududida Hizbullohning qurol omborlari va infratuzilmasini yo‘q qilganini ham ma’lum qildi.

Al-Arabia nashri xabar qilishicha, Isroil zarbasi natijasida Hizbullohning siyosiy bo‘limi rahbari Muhammad Raad halok bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!