“Hizbulloh” Isroilga qarshi "Eaten Eagle" operasiyasini boshlaganini e’lon qildi.
Bu haqda Fars axborot agentligi guruh bayonotiga tayanib xabar berdi.
"Islomiy qarshilik" "Eaten Eagle" operasiyasini boshlaganini e’lon qildi", deyiladi bayonotda.
The Times of Israel gazetasining xabar berishicha, “Hizbulloh” Isroilga taxminan 100 ta raketa otgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda ikki kishi yengil jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Keyinchalik Isroil harbiylari Bayrut chekkasida yangi, katta zarbalar berdi. Livan poytaxtining janubiy chekkasidagi Dahiyadagi “Hizbulloh” infratuzilmasi hujum nishoni sifatida aniqlandi.
9 mart kuni Isroil armiyasi Livan janubida “Hizbullohga” qarshi "cheklangan va nishonga olingan" quruqlikdagi operasiyani boshladi.