Bugun 26 avgust, 2024 yil, dushanba

КИР

Hindistonning omon qolishi Arktikaga bog‘liq...

Hindistonning omon qolishi Arktikaga bog‘liq...

Hindiston hukumati Arktika mintaqasiga kech bo‘lmasdan turib, shimoldagi Xitoy ta’sirini muvozanatlashi kerak, deyiladi The Indian Express nashrida chop etilgan maqolada.

Nashrning qayd etishicha, Arktika muzlarining tez erishi mussonlarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bu esa Hindistonga ekstremal ob-havo olib keladi va oziq-ovqat xavfsizligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, Moskva bilan yaxshi munosabatlardan foydalanish va Rossiyaning Arktika va Shimoliy dengiz yo‘lini rivojlantirishda ishtirok etish taklifini qabul qilish kerak. Aks holda, strategik muhim mintaqa butunlay XXR ta’siriga tushib qoladi va bu Hindiston manfaatlari uchun eng dahshatli oqibatlarga olib keladi.

Hindiston, shuningdek, iqlim va boshqa ilmiy tadqiqotlarga sarmoyalarni maksimal darajada oshirish va ushbu loyihalar natijalarini amalga oshirish uchun AQSh bilan yaxshi munosabatlaridan foydalanishi kerak.

Kiritildi: 22:55 14.07.2024. O'qildi: 11529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!