Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindistonga “Yass” nomli yangi siklon qurshovida

A A A
Hindistonga “Yass” nomli yangi siklon qurshovida

Hindiston meteorologiya departamenti mamlakatning sharqiy mintaqalariga “Yass” nomli yangi siklon tahdid solayotgani haqida ogohlantirdi. Hozirda u Bengal ko‘rfazida kuchaymoqda.

“Ehtimol, siklon keyingi 72 soat ichida asta-sekin bo‘ronga aylanib ketishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Prognozlarga ko‘ra, Hindistonning sharqiy shtatlarida 25 may kuni kuchli yog‘ingarchilik boshlanadi. Bu esa suv toshqinlarini keltirib chiqarishi mumkin. O‘tgan hafta oxirida Hindistonning g‘arbiy qirg‘og‘iga kuchli Tauktaye tropik tsikloni urildi. Tabiiy ofat natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va davlatga katta iqtisodiy zarar yetdi.

Kiritildi: 19:17 20.05.2021. O'qildi: 3300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik