Hindistonning Uttarkashi shahri (Gimalaya hududi)da sodir bo‘lgan kuchli toshqin natijasida 50 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Report agentligi Reutersga tayanib xabar berdi.
Mahalliy televideniye orqali tarqalgan videolarda tog‘dan oqib tushgan suv oqimi qishloqni va yo‘llarni suv ostida qoldirgani, uylarni vayron qilgani aks etgan.
Huquq-tartibot organlari aholini daryolardan uzoqlashish, xavfli hududlarda harakat qilmaslik haqida ogohlantirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Uttarakxand shtati so‘nggi yillarda toshqinlar va ko‘chkilar kabi tabiiy ofatlarga tobora ko‘proq duch kelmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu hodisalarga iqlim o‘zgarishi asosiy sabab bo‘lmoqda.