Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindistonda vaksina yetkazib berish to‘xtatildi

A A A
Hindistonda vaksina yetkazib berish to‘xtatildi

Xalqaro COVAX loyihasiga Hindistondagi koronavirus inqirozi tufayli 140 million doza koronavirus vaksinalari yetishmayapti.

Serum Institute of India vaksina yetkazib berishni to‘xtatdi. Institut 2021 yilda COVAX uchun ikki milliard vaksinaning taxminan yarmini etkazib berishi kerak edi, ammo mart, aprel va may oylarida ta’minot bajarilmagan. Shu bilan birga, defisit iyun oxirigacha 190 million dozaga o‘sishi kutilmoqda.

O‘z navbatida, Unisef G7 davlatlari – Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSH, shuningdek, Yevropa Ittifoqini o‘zlarining ortiqcha vaksinalarini zudlik bilan xayriya qilishga chaqiradi.

Unisef ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatlar guruhi birgalikda o‘z aholisini emlash majburiyatini bajarayotganda taxminan 153 million dozani xayriya qilishi mumkin.

Kiritildi: 19:00 18.05.2021. O'qildi: 3355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik