Minglab talabalar Hindiston Oliy sudyasi ishsiz yoshlarni mensimay ishlatgan deb aytilgan tushunchani o‘zlariga shior qilib olgan hamda uni mamlakatning barbod bo‘lgan imtihon tizimiga qarshi kurash ramziga aylantirgan “Tarakanlar xalq partiyasi” nomli satirik yoshlar harakati bayrog‘i ostida N’yu-Dehlidagi Jantar-Mantar maydoniga yig‘ilgan.
30 yoshli Abhijit Dipke tomonidan asos solingan ushbu harakat Instagram’da 22 mln obunachini to‘plagan va Ta’lim vaziri Dxarmendra Pradxanning iste’fosini talab qilib 800 ming imzo yig‘gan.
Bunga bevosita sabab: 10 milliondan ortiq talabaga ta’sir qilgan NEET-UG 2026 tibbiyot oliygohlariga kirish imtihoni savollarining sizib chiqishi bo‘ldi.
Namoyishchilar tarakan niqoblarini taqib, qo‘llarida “Tarakanlar o‘lmaydi” deb yozilgan plakatlarni ko‘tarib olishgan.