Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindistonda «qora mog‘or» epidemiyasi e’lon qilindi

A A A
Hindistonda «qora mog‘or» epidemiyasi e’lon qilindi

Hindistonning Rajastan va Telangana shtatlari ma’murlari “qora mog‘or” deb nomlanuvchi epidemiya tarqalganini e’lon qilishdi.

“Shtatdagi mukormikoz bilan kasallanganlar soni COVID-19 ta’siri tufayli o‘sishda davom etmoqda. Mukormikoz o‘zini COVID-19’ning yon ta’siri sifatida namoyon qiladi”, deyilgan xabarnomada.

Rajastan Sog‘liqni saqlash bosh vaziri Achil Aroraning so‘zlariga ko‘ra, shtatda ushbu kasallikka chalingan 100 ga yaqin bemor bor, ular uchun davlat kasalxonasida maxsus bo‘lim ajratilgan.

Mukormikoz yoki “qora mog‘or” qo‘ziqorin infeksiyasidan kelib chiqqan asoratdir. Kasallik atrof-muhitdagi qo‘ziqorin sporalari bilan aloqada bo‘lganlarda yoki qo‘ziqorin kesish, chizish yoki kuyish orqali teriga kirgandan keyin rivojlanishi mumkin. Kasallik diabetga chalinganlarga, shuningdek, koronavirus yuqtirganlarga katta xavf tug‘diradi.

Kiritildi: 21:20 20.05.2021. O'qildi: 3892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik