Hindistonda koronavirusning yangi — XE shtammi aniqlandi. Holat Mumbay shahrida qayd etilgan. Bu haqda 6 aprel kuni Times of India gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Yangi variant rekombinant shtammi bo‘lib, avval kashf etilgan ikkita omikron shtammlari BA.1 va BA.2 chatishmasidir”, — deyiladi nashrda.
XE shtammi birinchi marta 2022 yil 19 yanvarda Buyuk Britaniyada aniqlangan. JSST bu "hozirgacha aniqlangan eng yuqumli shtamm" bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.