Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindistonda kelin to‘y vaqtida vafot etdi. Kuyov esa singlisiga uylandi

A A A
Hindistonda kelin to‘y vaqtida vafot etdi. Kuyov esa singlisiga uylandi

Hindistonda kelin to‘y marosimi paytida vafot etdi. Biroq, oilalar to‘yni to‘xtatmaslikka qaror qilishdi va kuyov hamda marhuma kelinning singlisi o‘rtasida nikoh tuzishdi, deb yozadi "India.com".

Hodisa Samaspur qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Juftlik to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, ammo kelin to‘satdan vafot etdi. Uni tekshirishga kelgan shifokor yuragi to‘xtaganini aytib, o‘limni e’lon qildi.

«Biz hozirgi vaziyatda nima qilishimizni bilmasdik. Maslahatlashgandan so‘ng, oilalar singlisini turmushga berish to‘g‘risida qarorga kelishdi», - dedi qizlarning ukasi.

“Bu bizning oilamiz uchun og‘ir sinov bo‘ldi. Birinchi qizi bir xonada o‘lik holda yotar, ikkinchisi esa boshqa xonada turmushga chiqardi. Biz hech qachon bunday tuyg‘ularni boshdan kechirmaganmiz», – dedi opa-singillarning yaqin qarindoshi.

Kiritildi: 13:42 01.06.2021. O'qildi: 6391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik