Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindistonda kamida 75 kishi kuchli yomg‘irlar qurboniga aylandi

Hindistonda kamida 75 kishi kuchli yomg‘irlar qurboniga aylandi

Hindistonning g‘arbiy hamda janubi-sharqiy qismida kuchli yomg‘ir tufayli kamida 75 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy "Hindu" nashrining yozishicha, kuchli yomg‘ir Solapur, Sangli va Puna shaharlarida binolarning qulashiga hamda elektr ta’minotining uzilishiga olib kelgan. Shuningdek, 100 dan ortiq daraxtlarni qo‘porib tashlagan. Mutaxassislar tomonidan 20 mingdan ortiq aholi evakuasiya qilingan.

117 yil ichida kuzatilgan eng kuchli yog‘ingarchilik sifatida qayd etilgan Telengana shtatida esa tabiiy ofat 50 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, oqibatlarni bartaraf etish uchun favqulodda ishlar davom etmoqda.

 

Kiritildi: 19:59 17.10.2020. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!