Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindistonda yetti yoshli bola qurbonlik qilindi

Hindistonda yetti yoshli bola qurbonlik qilindi

Hindistonning markaziy Uttar-Pradesh shtati Xatras shahridagi xususiy maktablardan birida ikkinchi sinfda o‘qiyotgan yetti yoshli bola qurbonlik qilish marosimida o‘ldirilgan. Bu haqda mahalliy polisiya xabar qildi.

Qayd etilishicha, qurbonlik marosimi maktabi egalari tomonidan muassasa daromadlari ortishi uchun o‘tkazilgan.

Ushbu ish yuzasidan xususiy maktab egasi Jasodxan Singx, uning maktab direktori bo‘lgan o‘g‘li Dinesh Baghel va uch nafar o‘qituvchi hibsga olingan, deb yozadi Hindustan Times gazetasi.

Bola maktab yotoqxonadagi o‘z to‘shagida o‘lik holda topilgan. Polisiya xodimi Himanshu Mathurning ma’lum qilishicha, bola Baghelning otasi tomonidan qora jodu marosimi o‘tkazilgunga qadar o‘ldirilgan.

"Bola maktabning muvaffaqiyati va shon-shuhratini ta’minlashga qaratilgan marosimning bir qismi sifatida qurbon qilingan", dedi katta polisiya xodimi Nipun Agarval Times of India nashriga.

Agarval, shuningdek, direktor va uning otasi avval ham xuddi shu sababga ko‘ra boshqa o‘g‘il bolani qurbon qilishga uringani, ammo reja barbod bo‘lganini ta’kidladi.

Hindiston Milliy Jinoyatlarni qayd etish byurosi mamlakatda 2014-2021 yillar davomida 103 odam qurbon qilinganini qayd etgan.

Kiritildi: 16:00 30.09.2024. O'qildi: 4718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!