Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Hindistonda dunyodagi eng baland temir yo‘l ko‘prigi ochildi

Hindistonda dunyodagi eng baland temir yo‘l ko‘prigi ochildi

Hindistonning Kashmir vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi dunyodagi eng baland temir yo‘l ko‘prigi ochildi, deya bosh vazir Narendra Modi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2003 yilda boshlangan qurilish ishlari Hindistonga 160 million dollarga tushgan. Ko‘prikda -10 darajadan +40 darajagacha bo‘lgan haroratga chidamli po‘lat materiallardan foydalanilgan.

Ko‘prik Chenob daryosi ustidan o‘tgan bo‘lib, u dengiz sathidan 359 metr balandlikda qurilgan. Inshootning umumiy uzunligi 1,3 kilometrdan ortiqni tashkil etadi.

Chenob temir yo‘l ko‘prigi dizayndagi ixtirochilik va qurilish mahoratini namoyish etadi. U aloqalarni mustahkamlaydi, shu tariqa savdo-sotiq, tijorat va turizmni rag‘batlantiradi, — dedi Hindiston bosh vaziri.

6 iyun kuni ko‘prikdan ilk bor ikkita yo‘lovchi poyezdi o‘tgan. Mazkur ko‘prik 272 kilometrlik Udxampur—Srinagar—Baramulla (USBRL) temiryo‘l liniyasining bir qismi hisoblanadi. U Jammu va Kashmirning olis hududlarini Hindistonning qolgan qismi bilan bog‘laydi.

Kiritildi: 18:23 07.06.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!