Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatidagi Kolkata shahrida diniy festival vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi.
«Hindustan Times» gazetasining polisiya vakillariga tayanib xabar berishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 19:40 da sodir bo‘lgan.
Jarohatlanganlar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 13 nafar ayol va bir nafar bola bor.
Ma’lum qilinishicha, festival vaqtida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ko‘plab odamlar yopiq bino ichiga kirib, yomg‘irdan panoh topishga uringan. Odamlarning bir joyda haddan tashqari ko‘p to‘planishi tiqilinchga sabab bo‘lgan.