Hindiston shimolidagi Marchula shahri yaqinida avtobus deyarli 200 m balandlikdan daraga qulab tushdi. Natijada kamida 36 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi The Times of India.
Favqulodda holat Uttarakxand shtatida sodir bo‘lgan; avtobusda 45 kishi bo‘lgan. Kamida besh kishi hamon bedarak yo‘qolgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir necha kishi jarohatlangan va davolanish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Mahalliy aholi qutqaruvchilarga vayronalar ostida qolgan yo‘lovchilarni topishda yordam bermoqda.
Rasmiylar jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lashni buyurdi, deb xabar bermoqda NDTV telekanali. Voqea sabablari yuzasidan ham tergov boshlangan.