Hindiston hukumati va mahalliy kompaniyalar Rossiyadan neft sotib olayotganda rublga o‘tishni istamaydi,
deb xabar bermoqda Business Standard.
Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, Hindiston Yevropa rad etgan barcha Rossiya xom ashyolarni muntazam ravishda xarid qilishni 30 baravarga oshirdi.
Rossiya kelajakda Hindistonga neft eksporti rublda to‘lanishini talab qilmoqda. Bunday global dollar tizimini chetlab o‘tuvchi to‘lovlar yordamida RF sanksiyalarga qarshi immunitetga ega bo‘ladi.
Ammo import qiluvchilar rublda savdoga o‘tishga tayyor emas, deya tushuntiradi Hindiston neft sanoati. Ma’lum qilinishicha, rubl bilan to‘lash uchun ham dollarga rubl sotib olish kerak. Neft importchilari bu masalani hukumat darajasida muhokama qilishdi, ammo hukumat ham rublga o‘tishga tayyor emasligini ma’lum qildi.