Hindiston hukumati Pokiston chegarasidagi Chenob daryosini to‘sib qo‘ydi, shu orqali Pokiston aholi punktlariga yana bir suv manbasini to‘xtatib qo‘ydi.
Hindiston ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Jelam daryosini ham to‘sib qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ilgari Hindiston Hind daryosi tizimi suvlaridan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilgani Pokistonda tashvish uyg‘otgandi.
Pokiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatning suvdan foydalanishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan har qanday urinishni "urush harakati sifatida baholaymiz" deya bayonot berdi.