Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari AQSh tariflari bosimi ostida Rossiya neftidan voz kechdi

Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari AQSh tariflari bosimi ostida Rossiya neftidan voz kechdi

Hindistonning davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftini sotib olishdan vaqtincha bosh tortmoqda.

Bu haqda Bloomberg agentligi xarid rejalari bilan tanish manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qaror Vashingtonning joriy haftada Hindistondan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik bojlar joriy qilgan bosimi ortib borayotgani fonida qabul qilingan.

Indian Oil Corp., Bharat Petroleum Corp. va Hindustan Petroleum Corp. kompaniyalari hukumatdan tushuntirishni kutib, Rossiya neftini spot xarid qilishning navbatdagi bosqichini o‘tkazib yuborish niyatida. Manbalarning ta’kidlashicha, kompaniyalar Qo‘shma Shtatlar bilan iqtisodiy aloqalar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan xavotirda.

Kiritildi: 07:45 08.08.2025. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!