Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindiston aviakompaniyasi Toshkent va Dehli o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Hindiston aviakompaniyasi Toshkent va Dehli o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Hindistonning “IndiGo” aviatashuvchisi Toshkentga reyslar yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Aviakompaniya joriy yil sentyabr oyidan Dehlidan Toshkentga haftasiga to‘rt marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“IndiGo”ning kelajakdagi xalqaro reyslari qatorida Olmaota, Boku, Tbilisi va boshqa shaharlar ham ko‘rsatilgan.

Ta’kidlanishicha, “IndiGo” Hindistonning O‘zbekistonga havo yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ygan birinchi aviakompaniyasi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan “IndiGo” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan, keyinchalik esa diplomatiya missiyasi ko‘magida O‘zbekiston Transport vazirligi va hind aviatashuvchisi mas’ul xodimlari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etilgan edi.

Kiritildi: 14:33 04.06.2023. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!