Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Hindiston 30 mlrd yevroga qiruvchi samolyotlar sotib oladi

Hindiston 30 mlrd yevroga qiruvchi samolyotlar sotib oladi

Hindiston havo kuchlari va dengiz floti 114 ta fransuz Rafale qiruvchi samolyotini sotib oladi.

Shartnomaning umumiy qiymati taxminan 30 milliard yevroni tashkil etadi. Le Monde nashrining xabar berishicha, shartnoma Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Hindistonga to‘rt kunlik tashrifi davomida imzolanadi.

Shartnomaning umumiy shartlari Makronning tashrifidan bir necha kun oldin e’lon qilindi. Tomonlar shartnomaning texnik va tijorat shartlari bo‘yicha hali kelisha olishmadi. Hindiston allaqachon o‘zining havo kuchlari va dengiz floti uchun 62 ta fransuz qiruvchi samolyotini sotib olgan.

Makronning Hindistonga safari ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga bag‘ishlangan. Fransiya prezidenti allaqachon Mumbayga tashrif buyurgan, u yerda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va bir nechta investorlar bilan uchrashgan va keyin sun’iy intellekt bo‘yicha konferensiyada ishtirok etish uchun Nyu-Dehliga borgan.

Kiritildi: 22:15 18.02.2026. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!