Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindcha shtamm: Koronavirusning yuqumli va xavfli tomonlari aniqlandi

A A A
Hindcha shtamm: Koronavirusning yuqumli va xavfli tomonlari aniqlandi

Bloomberg nashrining xabar berishicha, olimlar delta deb nomlangan koronavirusning hind shtammining boshqa turlarga qaraganda o‘ta yuqumli ekanligini va gangrenaga olib kelishini aniqladi.

Yangi mutasiya odatda, koronavirus yuqtirgan bemorlarda uchramaydigan alomatlarni keltirib chiqaradi:

- eshitish muammolari;

- ovqat hazm qilish organlarining og‘ir kasalliklari;

- gangrenaga olib keladigan tromboz.

Hozir delta turi Buyuk Britaniya va Shotlandiya bo‘ylab tarqalgan, bemorlar soni esa ko‘paymoqda.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropada Hindistonda topilgan koronavirus variantining tarqalishini taxmin qilgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aynan Hindiston shtammi eng katta tashvish tug‘diradi, chunki u «asl» koronavirusga qaraganda yuqumli va immunitetga ega odamlar uchun ham xavfli.

Kiritildi: 09:20 12.06.2021. O'qildi: 2160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik