Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Hilola Umarova vazir lavozimidan ketdi va Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosar bo‘ldi

Hilola Umarova vazir lavozimidan ketdi va Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;

Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Nodira Jalalovna Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Kiritildi: 17:18 14.07.2025. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!