Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron muzokaralarni boshlashga rozi bo‘lishi uchun hali ham kech emas va Qo‘shma Shtatlarning ushbu urushga qo‘shilishi bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagan.
"Men Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berishim mumkin, bunday qilmasligim ham mumkin. Hech kim nima qilmoqchi ekanligimni bilmaydi. Lekin shuni ayta olamanki, Eron katta muammolarga duch kelmoqda. Ular butunlay himoyasiz, umuman havo hujumidan mudofaa tizimiga ega emas. Shu bilan birga, Tehron muzokaralar o‘tkazishni xohlayapti", — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, eronlik rasmiylar muzokaralar o‘tkazish uchun Oq uydan joy so‘ragan.
Shu bilan birga, Tramp yana bir bor Eronning taslim bo‘lishini istashini takrorladi. "Hammasi juda oddiy — Tehron taslim bo‘lishi kerak", — deya ta’kidladi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.