AQShning Pensilvaniya shtati Xerrisburg shahrida haydovchi avtomashinasini festivalga yig‘ilgan odamlar ustidan haydab yubordi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan.
ABC News xabar berishicha, voqea mahalliy aholini o‘ziga tortgan uch kunlik Kipona festivali paytida sodir bo‘lgan.
Xerrisburg polisiyasi vakili Tomas Karterning aytishicha, odamlarni urib yuborgan haydovchi hibsga olingan.
Jabrlanuvchilar orasida nogironlar aravachasida o‘tirgan bola va bir ayol ham borligi ma’lum qilindi.
Hozirda voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.