Bugun 26 fevral, 2024 yil, dushanba

КИР

"Haydalsin": plyajdagi video Timoshenkoning boshiga balo bo‘lmoqda

"Haydalsin": plyajdagi video Timoshenkoning boshiga balo bo‘lmoqda

Ukrainaning sobiq bosh vaziri, hozirda «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoni Dubaydagi ta’tili videosi tufayli barcha lavozimlaridan chetlashtirish talab qilindi.

Timoshenko yanvar oyida BAAdagi plyajda suratga olingan, jurnalistlar videoni bir kun avval «Dubay batalyoni» materialida joylashtirgan. Natijada janjal ko‘tarildi (Ukrainada, xuddi Rossiyada bo‘lgani kabi, amaldorlar xorijda ta’tilda qo‘lga olinsa, endi jazolanadi).

Timoshenkoni fraksiya va partiyadan chiqarib yuborish talabi bilan Ukraina Oliy Radasi Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maryana Bezuglaya murojaat qildi. Shu bois Ukraina sobiq bosh vaziri chetlatilishi mumkin.

Biroq, «Batkivshchina» partiyasi veb-saytidagi fotosuratga ko‘ra, Yuliya Timoshenko hozir Jenevada xizmat safarida.

Kiritildi: 17:36 27.01.2023. O'qildi: 7229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!