Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

«Hatto qabrda ham Ronalduni tanlayman»

«Hatto qabrda ham Ronalduni tanlayman»

"Real" sobiq futbolchisi Emmanuel Adebayor ikki mashhur hujumchi - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining o‘yinini baholadi.

"Men uchun Ronaldu ajoyib, fantastik futbolchi. Agar Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qilish so‘ralsa, hatto qabrda ham Ronalduni tanlayman, chunki u bilan birga o‘ynaganman va qanchalik kuchli ekanligini bilaman," - deya Adebayorning so‘zlarini keltiradi Stadium Astra.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronaldu juda mehnatkash va hech qachon taslim bo‘lmaydi.

Portugaliyalik hujumchi 2023 yildan beri Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasi safida o‘ynamoqda. Ronaldu Ar-Riyod klubi uchun 111 ta o‘yinda ishtirok etib, 98 ta gol urgan va 20 ta golli uzatma bergan.

Kiritildi: 19:12 01.10.2025. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!