Ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov 25–26 oktyabr kunlari Bishkekda o‘tadigan boks oqshomida meksikalik Rene Kalistoga qarshi ringga chiqadi. Jang o‘ta yengil vazn (50,8 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi va g‘alaba Hasanboyga IBF reytingida 2-o‘ringa chiqish imkonini beradi.
Do‘smatov hozirgacha 7 ta jangda qatnashib, barchasida g‘alaba qozongan. Kalisto esa 25 jangdan 23 tasida g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Ayni paytda IBF reytingida Kalisto 7-o‘rinda, Do‘smatov esa 8-o‘rinda turibdi.