Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hasanboy Do‘smatov jahon chempionligi kamari uchun jang qiladi

Hasanboy Do‘smatov jahon chempionligi kamari uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik mashhur bokschi, ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov professional faoliyatidagi navbatdagi muhim jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

33 yoshli bokschimiz 4 dekabr kuni Istanbulda tashkil etiladigan IBA.PRO turnirida filippinlik Roderik Bautistaga qarshi ringga ko‘tariladi.

10 raundga mo‘ljallangan bahsda 52,2 kilogrammgacha vazn toifasida IBA.PRO versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi kamari o‘rtaga qo‘yiladi.

Do‘smatov professional ringda hozirgacha 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. U raqiblarining 5 nafarini nokautga uchratgan.

Uning navbatdagi raqibi Roderik Bautista ham mag‘lubiyatsiz bormoqda. Filippinlik bokschi hisobida 10 ta g‘alaba bo‘lib, ularning 7 tasi nokaut bilan yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov 2016 va 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari, shuningdek, 2023 va 2025 yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 19:29 04.11.2026. O'qildi: 1136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik