Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Hamyurtimiz Jahon chempioniga aylandi!

Hamyurtimiz Jahon chempioniga aylandi!

Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar (U-20) o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirina dunyo birinchiligining erkin kurash bo‘yicha uchinchi kungi final bahslari doirasida terma jamoamiz a’zosi, ikki karra Osiyo chempioni Sherzod Poyonov jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. 92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan kurashchimiz jahon chempionligi uchun qozog‘istonlik Kamil Kurugliyevga qarshi gilamga chiqdi va murosasiz bellashuvda 3-2 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, bu ikki qardosh kurashchi o‘tgan yilgi Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatining finalida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan va o‘shanda Poyonov raqibini 4-2 hiobida dog‘da qoldirgandi. Polvonimiz jahon chempionatining ilk davrasida gresiyalik Grigorios Saridisni 12-1, 1/8 finalda yaponiyalik Sorato Kanazavani 16-6, 1/4 finalda kanadalik Singh Grevalni 10-3, 1/2 finalda esa rossiyalik Gadjimurad Gadjibatirovni 4-1 (tushe) hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Kiritildi: 23:48 19.08.2025. O'qildi: 1229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!