Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hamma qotilliklarning boshida turgan Isroil G‘azo aholisining o‘limida HAMASni aybladi

Hamma qotilliklarning boshida turgan Isroil G‘azo  aholisining o‘limida HAMASni aybladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BBCga bergan intervyusida Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning so‘zlariga javob qaytardi. Makron Isroilni "chaqaloqlar, ayollar va qariyalarni o‘ldirishni to‘xtatishga" chaqirgan edi.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyati Isroilni emas, HAMASni qoralashi kerak. U Isroil bilan hozirgi qarama-qarshilik chog‘ida G‘azo sektori tinch aholining o‘limi uchun to‘liq javobgarlikni HAMAS harakati zimmasiga yukladi.

Netanyaxu, Isroil armiyasi tinch aholiga zarar yetkazmaslikka harakat qiladi va ularni janglar ketayotgan hududlarni tark etishga undaydi, HAMAS esa ulardan “inson qalqoni” sifatida foydalanadi, deb ta’kidladi.

Netanyaxu o‘z bayonotida "HAMASning G‘azodagi jinoyatlari" tez orada Parij, Nyu-York va butun dunyoda takrorlanishi mumkinligi bilan tahdid qildi.

Kiritildi: 09:49 11.11.2023. O'qildi: 3050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!