Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

HAMAS tomonidan garovga olingan so‘nggi shaxsning jasadi Isroilga qaytarildi

HAMAS tomonidan garovga olingan so‘nggi shaxsning jasadi Isroilga qaytarildi

Isroil Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, 24 yoshli polisiyachi Ran Gvilining jasadi uning oilasiga topshiriladi.

Isroil Gvilining qoldiqlari qaytarilgandan yoki uning jasadini qidirish operasiyasi yakunlangandan so‘ng G‘azoning Misr bilan chegaradosh Rafah o‘tish punktini qayta ochishini ma’lum qilgan.

Isroil Mudofaa armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Gvili 2023 yil 7 oktyabr tongida jangda halok bo‘lgan, shundan so‘ng HAMAS a’zolari uning jasadini G‘azo sektoriga olib ketgan. Shu tariqa, 2023 yil7 oktyabr kuni o‘g‘irlab ketilganlarning barchasi G‘azo sektoridan qaytarildi.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!