HAMAS to‘rt nafar halok bo‘lgan garovdagi shaxslarning jasadlarini Isroil Qizil Xoch tashkilotiga topshirdi. Ular aka-uka – Ariel va Kfir Bibaslar, ularning onasi Shiri hamda 83 yoshli Oded Lifshislardir.
Qizil Xoch avtomobillari tobutlarni G‘azo sektoridagi SAXAL kuchlariga topshirdi.
The Times of Israel gazetasining yozishicha, Isroil jasadlarni identifikasiya qiladi va bu jarayon 48 soatgacha cho‘zilishi mumkin.
Manbalarning yozishicha, aka-uka Bibaslarning otasi 35 yoshli Yarden Bibas 1 fevral kuni garovdan ozod qilingan.