Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

“Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

“Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

🕌 Har yili mamlakatimiz fuqarolarining muqaddas Islom dinining asosiy farzlaridan biri hisoblangan Haj amalini xavfsiz va to‘la-to‘kis ado etishlari uchun respublika hukumati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.

“Haj” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Lekin, ayrim shaxslar ishonuvchan fuqarolarni aldab, katta pul evaziga ularni Saudiya Arabistoniga olib borish bo‘yicha turli xil shubhali takliflarni bildirishlari ham kuzatiladi.

Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t. shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining asosiy farzlaridan birini ado etish uchun noqonuniy yo‘llar bilan Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:01. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!