Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Haftasiga 150 daqiqa piyoda yurish yoki boshqa jismoniy faollik miyani 7 oyga "yoshartiradi"

Haftasiga 150 daqiqa piyoda yurish yoki boshqa jismoniy faollik miyani 7 oyga "yoshartiradi"

Harakat qilish miya uchun foydali ekanini ko‘p bor eshitganmiz. Ammo olimlar aniq bir savolni o‘rtaga tashlashdi: agar muntazam harakat qilinsa, miya aynan qanchaga yosharishini o‘lchash mumkinmi?

Randomizasiyalangan klinik tadqiqotda olimlar bir yil davomida 26-58 yoshdagi 130 nafar sog‘lom kattalarni kuzatishdi. Ularning bir qismi odatiy hayot tarzini davom ettirdi, ikkinchi guruh esa haftasiga taxminan 150 daqiqa aerob mashqlarni bajardi - tez yurish, yugurish, velosiped uchish yoki kardio mashqlar.

12 oydan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, muntazam harakat qilganlarda miyaning biologik yoshi nazorat guruhiga nisbatan taxminan 0,6 yilga (bu taxminan 7 oy) kamaygan. Bu shunchaki o‘xshatish emas.

Miya yoshi MRT yordamida, brain-PAD ko‘rsatkichi orqali baholandi - bu ko‘rsatkich miyaning tuzilishi jihatidan o‘z yoshidan "kattaroq" yoki "yoshroq" ko‘rinishini belgilab beradi.

Bu nima sababdan sodir bo‘ladi? Olimlar qon bosimi, vazn, jismoniy holat darajasi va boshqa omillarni tekshirib ko‘rishgan, lekin hech qaysi omil alohida holda bu effektni to‘liq tushuntirib bera olmadi. Ehtimol, gap harakatning qon aylanishi, metabolizm va neyroplastiklikka bo‘lgan umumiy ta’sirida.

Gap marafonlar yoki og‘ir mashqlar haqida ketmayapti. Bu masalan: Haftasiga 5 marta 30 daqiqadan yurish (ishga borishdagi yo‘l). Haftasiga 3-4 marta o‘rtacha kardio mashg‘ulotlari.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!