Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Haftaning ikkinchi yarmida yurtimizga nam havo oqimi kirib keladi

A A A
Haftaning ikkinchi yarmida yurtimizga nam havo oqimi kirib keladi

Bugun va ertaga respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18 martda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda 19 martda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqacha, janubda 25-28 daraja iliqqacha bo‘ladi.

20-22 mart kunlari respublika hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 20 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 21-22 martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda: 18-19 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-22 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,

21 martda 15-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat: bugun va ertaga 19-22 daraja iliq; 20 martda 17-19 daraja iliq bo‘ladi; 21-22 martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi deb xabar beradi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Kiritildi: 11:30 18.03.2024. O'qildi: 1575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!