Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, havo harorati kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja atrofida, janubda 35-38 darajagacha bo‘ladi.
8—10 sentyabr kunlari Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12-sentyabr, juma kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 8 sentyabr kuni kunduzi havo bir oz bulutli bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat asosan kechasi 18-20 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.