Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Hafta davomida respublikamizda qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta davomida respublikamizda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi haftalik ob-havo sharhini e’lon qildi.

O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan issiq va quruq havo oqimlarining kirishi davom etdi. Respublika hududining katta qismida shu kun uchun haroratning maksimal qiymatlari qayd etildi, harorat me’yordan 1-2,5 darajaga yuqori bo‘ldi.

Bugun Kavkaz rayonlaridan Kaspiy dengizi orqali nisbatan salqin va kam namli havo kirib kelishi natijasida mamlakatning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

Kunduzgi harorat pasayib, 25-28 darajani tashkil qiladi, bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan ko‘rsatkichlarga yaqin.

Ertaga respublikamiz hududi ustidagi antitsiklon chegarasi ta’sirida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Keyingi kunlarda va haftaning oxirigacha kam bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi 33-35 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bunday harorat shu kunlar uchun xos bo‘lgan ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori.

Kiritildi: 15:57 23.09.2019. O'qildi: 3672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!