Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hafta davomida harorat ko‘tariladi

Hafta davomida harorat ko‘tariladi

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekistoning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida kechalari biroz sovuq bo‘lishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari esa havo harorati +8…+11 daraja atrofida bo‘ladi.

Chorshanba va payshanba kunlari kechalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+15 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shimolda harorat asosan kechalari 0…–5 daraja, kunduz kunlari +4…+9 daraja bo‘ladi.

Toshkent shahrida 3–7 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 3–4 fevral kunlari kechalari 0…–2 daraja, kunduz kunlari +8…+10 daraja bo‘ladi. Harorat 5–7 fevral kunlari kechalari +1…+3 darajagacha, kunduz kunlari +12…+15 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Kiritildi: 12:45 03.02.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!