Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Gvardiolaga «PSJ» futbolchisi kerak

Gvardiolaga «PSJ» futbolchisi kerak

Bir necha hafta oldin "Manchester Siti" "PSJ"dagi og‘ir vaziyatdan foydalanib, darvozabon Janluiji Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olgandi. "Shaharliklar" endi parijliklardan boshqa bir futbolchini nishonga oldi.

Goal portalining Jeunes Footeux’ga tayanib xabar berishicha, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga "PSJ" yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri yoqadi. "Shaharliklar" futbolchining holatini sabr bilan kuzatib boradi va imkon bo‘lsa, uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfiy Uorren Zair-Emerini 100 million yevroga baholamoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Zair-Emeri "PSJ"ning yettita o‘yinida ishtirok etgan.

To‘rt holatda 19 yoshli xavbek asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Kiritildi: 23:19 25.09.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!