«Manchester Siti» bosh murabbiysi Hosep Gvardiolaning aytishicha, Yevropa Chempionlar ligasi o‘tish bosqichining birinchi o‘yinida «Real»dan uchralgan mag‘lubiyatga jamoada barcha, birinchi navbatda, uning o‘zi aybdor.
«Ko‘p yillardan buyon «Manchester Siti»daman va ajoyib jamoaning, haqiqiy mashinaning bir qismiman. Biroq hozir yuzaga kelayotgan vaziyatlarda jamoaga yordam bera oladigan narsalarni taklif eta olmayapman. Bu natijalar uchun barchamiz birdek javobgarmiz. Tizimimiz oldingidek ishlamayotganiga iqrorman», — dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Manchesterdagi ilk o‘yin 3:2 hisobida «Real Madrid» foydasiga yakunlandi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan gol madridliklarga g‘alaba keltirdi. Gvardiola Abduqodir Husanovni maydonga tushirmadi.
Javob uchrashuvi 19 fevralda o‘tkaziladi.