Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Gvardiola: "Raqiblar bizdan ko‘ra tajribaliroq"

Gvardiola: "Raqiblar bizdan ko‘ra tajribaliroq"

"Manchester Siti" Pep Gvardiola jamoasining Chempionlar Ligasida zafar quchish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

"Ayni vaqtda yo‘q... Biroq mavsumning dastlabki qismida, biz g‘alabalar qozonayotganimizda, men Chempionlar Ligasini yutamiz, deb o‘ylardim. Men pragmatik insonman, reallik esa bu reallik.

Raqiblar bizdan ko‘ra tajribaliroq. "Real"ga, nazarimda, ma’lum vaqt qiyin bo‘ldi, lekin oxirgi o‘yinlarda ular o‘ziga kelib oldi. "Bavariya" Vinni [Kompani] qo‘l ostida ajoyib mavsum o‘tkazmoqda.

Agar biz ertaga maydonga tushganimizda, juda qiyin bo‘lardi. Biroq ikki haftadan keiyn (ECHL 1/8 finalida — tahrir.) raqibimiz qanday holatda bo‘lishini ayta olmayman. Biz yaxshilab tayyorgarlik ko‘ramiz, qolganini esa vaqt ko‘rsatadi", - dedi Gvadiola.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti"ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov pley-off bosqichida jamoasiga yordam bera oladi.

Kiritildi: 18:15 30.01.2025. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!