Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng yomon mavsumlardan birini o‘tkazmoqda.
Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostidagi "Man Siti" Angliya kubogi finalida "Kristal Pelas"ga 0:1 hisobida yutqazdi.
Jamoa bu mavsumda faqat Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi. "Shaharliklar" APLda chempionlikni himoya qila olmadi, Chempionlar ligasida jamoa "Real"ga qarshi pley-off o‘yinlarida mag‘lub bo‘ldi (2:3, 1:3), Liga kubogida "Tottenxem"ga (1:2) yutqazib, 1/8 finalda ishtirokini yakunladi.
Sovrinlar borasida bu Pepning murabbiylik faoliyatidagi eng yomon mavsum, 2016/17 yilgi sovrinsiz mavsumni hisobga olmaganda.
Shu bilan birga, 2016/17 yilgi mavsumda "Siti" APLda 3-o‘rinni egallagandi va Chempionlar Ligasiga yo‘l olgandi. Ayni paytda jamoa 6-o‘rinda bormoqda va ECHLga chiqa olmaslik xavfi ostida.
Gvardiola "Man Siti"gacha "Barselona" va "Bavariya"ni boshqargan.