Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Gvardiola Husanovni FIFA kunlarida O‘zbekiston ixtiyoriga yubormoqchi emas

Gvardiola Husanovni FIFA kunlarida O‘zbekiston ixtiyoriga yubormoqchi emas

«Manchester Siti» sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz Abduqodir Husanov 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Brentford»ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Gvardiola uni asrash maqsadida qo‘shimcha dam bermoqchi va shu orqali uni O‘zbekiston terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘inlariga ham qo‘yib yubormoqchi emas.

O‘zbekiston Urugvay terma jamoasiga qarshi Malayziyada o‘yin o‘tkazadi. Bunday uzoq muddatli parvoz yangi jarohatdan tuzalgan futbolchi uchun qo‘shimcha muammolar tug‘dirishi mumkinligidan «Siti» murabbiylari shtabi xavotirda. Shu bois Abduqodirning Manchesterda qolishi va FIFA kunlaridan so‘ng maydonga qaytish ehtimoli ham yo‘q emas.

Abduqodir joriy mavsumda «shaharliklar» safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 18:59 24.09.2025. O'qildi: 1283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!