«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi guruh bosqichi qur’asi natijalariga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, bu bosqichda «shaharliklar» Madridning «Real» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Men uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan raqib jamoa stadioni — «Santyago Bernabeu»da bosh murabbiy sifatida qatnashish katta sharaf. Ispaniyaga qaytish ham yoqimli», — deya Gvardiolaning so‘zlarini Madrid Zone ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali keltirdi.
«Shaharliklar» uchun «qaymoqranglar»ga qarshi bahs mehmon sifatida o‘tadi.
O‘tgan mavsumda jamoalar Chempionlar ligasining 1/8 finali uchun pley-off bosqichida to‘qnash kelgandi. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra, «Real» «Manchester Siti»ni 6:3 hisobida mag‘lub etgan edi.