Pep Gvardiolaning fikriga ko‘ra, agarda Ispaniyada bunday mavsum o‘tkazganida allaqachon iste’foga chiqarilgan bo‘lardi.
"Biz sabrliroq bo‘lishimiz kerak. Qarang, Karlo Anchelotti yaqindagina YECHL va LaLigani yutgandi, endi esa Braziliya termasiga ketdi. Bunday natijalar bo‘lsa, bizni oktyabr, noyabr yoki dekabr oyida ishdash ketkazishardi, biroq bu Ispaniyada bo‘lgan bo‘lardi. "Barselona" yoki "Real" bunday holatlarni kechirmaydi. Bu yerda esa iste’fo haqida gap bo‘lgani yo‘q.
Men doimo ishlarning yaxshi ketishini istayman, biroq bu yil ishlar yomonlashib ketganida men hech nima qila olmadim, hech nima. Bu mening kuchlarimdan ham kattaroq bo‘lib chiqdi. Endi barchasi yaxshi ekanligini ko‘rsatish kerak. Holatni yaxshilash, barchasini o‘zgartirish uchun doimo juda ko‘p fikr yurityapman", - dedi "shaharliklar" ustozi.